O‘zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo’lishi mumkin

0

O‘zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin.

korrespondent uz 0434 O’zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo’lishi mumkin
Foto: The Telegraph

Respublikaga avtomobil yetkazib berish istagi haqida 15-may kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek-fransuz biznes forumi davomida Renault Group’ning MDHga eksport qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Maksimilian Missan ma’lum qildi:

“Biz bu yerda salohiyat borligini bilamiz, O‘zbekiston bozorini tahlil qildik. Bilamizki, [iste’molchilarning] ma’lum kutilmalari bor”, — dedi Spot’ga bergan intervyusida kompaniya vakili.

Missanning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mamlakat bozoriga Lada (Renault guruhining bir qismi) avtomobillarini yetkazib berish bilan mamlakat bozoriga chiqishni boshladi.

“Endi biz Renault’ni taqdim etmoqchimiz va o‘zbek iste’molchilariga huddi shunday mahsulot va xizmat ko‘rsatish sifatini taklif qilish istagidamiz”, — deydi Maksimilian Missan.

Buning uchun kompaniya vakili soliqqa tortish va sertifikatlashtirish bo‘yicha yordamga muhtoj ekanliklarini qayd etdi.

Maksimilian Missan ta’kidlashicha, kompaniya “O‘zbekistonlik hamkasblari bilan Nissan platformasida hamkorlik qilish” imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Renault Group (Renault, Dacia, Alpine, Renault Samsung Motors, Lada brendlari) 1898-yilda tashkil etilgan Fransiya avtomobil kompaniyasi bo‘lib, 134 mamlakatda faoliyat olib boradi, 39 ta zavodga ega. 2018-yil yakunlariga ko‘ra kompaniya 3,9 million avtomobil sotdi, daromad esa 57 milliard yevrodan oshdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting