Xiva shahrida dunyoning eng kuchlilari bellashadigan «Baxodirlar» (STRONGMAN) festivali o‘tkaziladi

0

7-9-iyun kunlari Xorazm viloyatining ko‘hna va hamisha navqiron Xiva shahrida og‘ir atletika buyicha «Baxodirlar» (STRONGMAN) xalqaro turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirning maqsadi yoshlarni sportga, ayniqsa, uning ekstrimal turlariga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish, sportni aholi orasida keng targ‘ib qilishdir. Bilamizki Xiva zaminida o‘z davrining engilmas kurashchisi, afsonaviy Pahlavon Mahmud yashab o‘tgan.

Og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli musobakalardan biri bo‘lgan ushbu turnirda Ozarbayjon, Litva, Hindiston, AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Brazilya, Rossiya, Ukraina, Eron va Yaponiya kabi o‘ndan ortiq davlatlardan ishtirokchilar tashrif buyurishi nazarda tutilgan. Turnir mobaynida O‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishadi va musobaqa davomida istalgan tomoshabin murosasiz bahslarning guvohi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek mazkur festivalda dunyoga mashhur jang san’ati namoyondalarining ham mehmon sifatida tashrifi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa o‘tgan yilning 28-aprel-6 may kunlari Filippin Respublikasining Manila shahrida bo‘lib o‘tgan. Va unda dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan 20 dan ortiq atletlar ishtirok etgan. Birinchi o‘rin Islandiyalik Xaftor Byornssonga nasib etgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting