Mirziyoyev Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

0

Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni “Oʻzbekiston nefti va gazi“ xalqaro koʻrgazmasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida Oʻzbekistonda boʻlib turgan “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

korrespondent uz 0428
Foto: xs.uz

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakat neft-gaz tarmogʻida yetakchi boʻlgan ushbu Rossiya kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda “LUKOYL“ kompaniyasi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalarga kiritgan investitsiyalar hajmi 7,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Oʻtgan yil aprel oyida ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi loyiha quvvatiga chiqdi. “Hovuzak“ va “Shodi“ konlari, shuningdek, Janubi-Gʻarbiy Hisor konlari oʻzlashtirilmoqda.

Uchrashuvda oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, jumladan, yangi investitsiya dastur va loyihalarini tayyorlash hamda “LUKOYL” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Vagit Alekperov Prezidentimizga samimiy qabul va qoʻshma loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

“LUKOYL“ kompaniyasi rahbari Oʻzbekiston bilan neft-gaz tarmogʻida uzoq muddatli va keng koʻlamli sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting