Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

0

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10-may kuni Jinoyat Kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan ushlangani haqida xabar berilgan edi, deb yozadi Daryo.uz nashr.

korrespondent uz 0422
Foto: “Xabar.uz”

12-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupovning O‘zbekiston Prezidentiga yo‘llagan video murojaati paydo bo‘ldi.

Nashrning DXXdagi ishonchli manbalari ushbu videomurojaat yuzasidan bayonotni taqdim etdi.

“1982-yilda tug‘ilgan Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi yuzasidan bir nechta OAVlarda paydo bo‘lgan xabarlar munosabati bilan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini yana bir bor ma’lum qilamiz. Tergov harakatlari boshlanganidan so‘ng gumonlanuvchiga advokat tayinlangan”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq, DXXga bir guruh fuqarolar (jabrlanuvchilarni himoya qilish zarurati tufayli ularning ismi oshkor etilmaydi) murojaat qilib, Said-Abdulaziz Yusupov ulardan firibgarlik yo‘li bilan, o‘zini maxsus xizmatlar xodimi sifatida tanishtirib, 65 ming, 28 ming va 15 ming AQSh dollarini olganini ma’lum qilgan.

2018-yilda Said-Abdulaziz Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha shunga o‘xshash jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlik yo‘li bilan jabrlanuvchi – fuqaro Kanyazovning 240 million so‘m mablag‘lari  (30 ming dollar) ni o‘zlashtirgani sud tartibida isbotlangan. Sud jarayoni natijalariga ko‘ra Yusupov zararni qoplashi munosabati shartli ravishda sudlangan.

korrespondent uz 0423
Foto: “Daryo”

Said-Abdulaziz Yusupov o‘z suhbatdoshlari, xususan jurnalistlarni o‘zining DXX ofitseri ekanligiga ishontirish maqsadida “Makarov to‘pponchasi”ni (Yusupovning kabinetini tintuv qilish paytida tashqi ko‘rinishidan Makarov to‘pponchasiga o‘xshash Baykal gazli to‘pponchasi protsessual tartibda musodara qilingan) yonida olib yurgan.

“Savol tug‘iladi—jamoat tashkilotining vakili, jurnalistga qurol nima uchun kerak? U kimni qo‘rqitmoqchi edi? Kimga qarshi qo‘llamoqchi edi?”, — deyiladi bayonotda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting