Turkiya O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etdi

0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zbek avtotashuvchilari uchun 30 kunga kirish vizasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

korrespondent uz 0421
Foto: UzA

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2017-yil 25-oktabr kuni imzolangan Yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni amalga oshirish doirasida Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun Turkiyaga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi.

Turkiya prezidenti 9-may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 2019-yilning 10-mayidan kuchga kirdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting