Payg‘ambarni haqoratlashda ayblangan Osiyo Bibi Pokistondan chiqib ketdi

0

Payg‘ambar nomiga haqorat yog‘dirishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan, ammo, o‘tgan yili, Pokiston Oliy Sudi tomonidan oqlangan nasroniy Osiyo Norin (Osiyo Bibi nomi bilan mashhur) mamlakatdan chiqib ketdi, deb xabar qiladi BBC.

korrespondent uz 0416
Foto: BBC

Osiyo Bibi ishi 10 yilga yaqin vaqt davomida nafaqat Pokiston, balki butun dunyo bo‘ylab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

U bir chelak suv ustida chiqqan janjal ortidan 2010-yilda qo‘shnilari tomonidan Muhammad (s.a.v.) Payg‘ambarni haqorat qilishda ayblangan va shakkoklikka qo‘l urishda gumonlanib, hibsga olingan edi. Keyinroq nasroniy ayol sud tomonidan oliy jazoga hukm qilingan, lekin 2018-yil kuzida mamlakat Oliy Sudi bu qarorni bekor qilgan.

Dunyo ahli Oliy Sudning bu qarorini olqishlagan bo‘lsada, Pokistonda mavjud mutaassib kuchlar Osiyo Bibining o‘lim jazosiga tortilishini talab qilgancha, bir qancha norozilik harakatlari uyushtirgan.

Ayni vaqtda Pokiston rasmiylari, xavfsizlik yuzasidan, Osiyo Bibining qachon va qayerga bosh olib ketganini ma’lum qilmadi. Biroq OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u allaqachon Kanadaga borib joylashgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo o‘z mamlakatining Osiyo Bibiga siyosiy boshpana berishidan mamnun bo‘lishini bildirgan edi.

Pokistonda shakkoklikka qarshi qat’iy islomiy qonunlar amal qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990-yildan buyon, kamida, 65 nafar inson shakkoklikka qo‘l urganlikda ayblanib o‘ldirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting