Londondagi masjidda otishma sodir bo‘ldi

0

London chekkasidagi Ilford tumanida joylashgan masjidda otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Shu sababli voqea joyiga yetib kelgan politsiya masjidni o‘rab olib, yopib qo‘ygan.

London-615x421
Foto: Mirror

Qayd etilishicha, voqea 9-may kuni Yetti qirol masjidi (Seven Kings Mosque)da sodir bo‘lgan. Masjidda ibodatga yig‘ilgan namozxonlar bo‘lgan. Shu vaqtda noma’lum shaxs to‘pponchadan o‘q uzgan.

Politsiya voqea natijasida hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgan. Huquq-tartibot xodimlari otishma sodir etgan shaxsni qidiruvga bergan. Politsiya sodir bo‘lgan holatni terrorchilik deb baholamagan.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni qurollangan shaxslar Yangi Zelandiyadagi ikkita masjidga kirib, otishma uyushtirgan, 50 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan edi.

21-aprelda esa Shri-Lankada pasxa bayrami nishonlanayotgan cherkovlar va mehmonxonalarda 8 ta portlash bo‘lgan. Natijada 310 kishi halok bo‘lgan, 480 kishi jarohat olgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting