Shimoliy Koreya qatorasiga ikkinchi kun raketa sinovlarini amalga oshiryapti

0

Shimoliy Koreya 5-may kuni bir necha raketa qurilmalari va yangi taktik boshqariluvchi quroldan foydalangan holda sinovlarni amalga oshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: KCNA

Mahalliy KCNA agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinovlarni kuzatayotgani aks etgan fotolarni e’lon qildi.

“Mashg‘ulotlardan maqsad uzoq masofaga mo‘ljallangan yirik kalibrli raketa qurilmalari va taktik boshqariluvchi qurolning samaradorligi va aniqligini baholash hamda tekshirishdan iborat”, — deyiladi agentlik xabarida.

Foto: KCNA

Fotolardan birida og‘ir avtomobil shassisiga joylashtirilgan raketa kompleksidan raketa uchirilishi aks ettirilgan. Shu bois ekspertlar KXDR mashg‘ulotlar davomida boshqariluvchi raketalarning yangi turini sinab ko‘rganini taxmin qildi.

Shu tariqa, Pxenyan ikki kun davomida ikkinchi bor raketa sinovlarini amalga oshirdi. 4-may kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga bir necha raketa yo‘llagandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting