Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uyida bo‘ldi

0

Kecha, 3-may kuni mudofaa vazirining o‘rinbosari – Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxanov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Pavel Materikov va Nikolay Petruninning xonadonida bo‘lib, davlatimiz rahbari nomidan ushbu mukofotni o‘z egalariga topshirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchilardan iborat guruh harbiy okrestr sadolari ostida qahramonlarimiz istiqomat qiluvchi mahalalarda bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident nomidan 7 500 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti tantanali ravishda topshirilyapti.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting