Amaliy tilshunoslik va til ta’limi bo‘yicha birinchi yillik Xalqaro Konferensiya: Mahalliy tashkil etilgan global tadbir

0

2019-yil 2-may kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) tomonidan Amaliy tilshunoslik va tillar ta’limi bo‘yicha birinchi xalqaro konferentsiya tashkil etildi.

korrespondent uz 0398

Tadbir universitetning Global English bo‘limi tomonidan tashkillashtirildi va TXVU tadqiqotlar bo‘limi ko‘magida o‘tkazildi. Tilni «mobil» o‘rganuvchi o‘quvchilar va O‘zbekistonda soni o‘sib borayotgan ingliz tilidagi ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy muloqot orqali ushbu anjumanga ehtiyoj vujudga keldi.

korrespondent uz 0399

Anjuman qatnashchilari mahalliy va xalqaro olimlar bilan birgalikda eng yaxshi o‘quv va tadqiqot tajribalarini almashdilar. Konferensiyada O‘zbekistonning turli viloyatlari, shuningdek, Qozog‘iston, Italiya, Isroil, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining 160 dan ortiq olimlari ishtirok etdi.

Konferensiya dasturida til ta’limi tadqiqotlari va amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan 40 dan ortiq hisobotlar taqdim etildi. Xususan, anjuman davomida ingliz tilini bilish darajasini baholash; milliy va umumdavlat til siyosati; ko‘p tillarni bilish; yosh o‘quvchilar uchun ingliz tili; akademik til; uyg‘unlashgan ta’lim; inklyuziv ta’lim; mahalliy va xorijiy talabalarga Markaziy Osiyo tillari bo‘yicha ta’limga oid masalalar muhokama qilindi.

korrespondent uz 0400

Shuningdek, TXVU Buyuk Britaniya va Malayziyadan uch nafar xalqaro miqyosdagi ma’ruzachilarni qutladi. Vestminster universitetidan professor Endryu Linn mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan «Ingliz tili imkoniyat yoki tahdid sifatida: Skandinaviya saboqlari» mavzusida hisobot taqdim etdi. Xalqaro Islom universiteti professori Ratnavati Mohd Asraf «Nogironligi bor o‘quvchilarga EFL inklyuziv sinfida ingliz tilini o‘rgatish: biz qayerdan boshlaymiz?» nomli tadqiqot va o‘quv amaliyoti bilan o‘rtoqlashdi.

korrespondent uz 0402

Vestminster universiteti professori Terri Lamb «Til ta’limida avtonomiya natijasida pedagogikani rivojlantirishning muhim o‘zgarishlari» haqida so‘zlab berdi. Bu til o‘qituvchilari tomonidan bir qator savollar va muhokamalarga turtki bo‘ldi.

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) 2002-yil yanvar oyida tashkil etilganidan buyon Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya, London) va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan «UMID» jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilm-fan va oliy ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting