RIMC Hotels & Resorts Group O’zbekistonda turizmni rivojlantirishga 4 mlrd dollardan ziyod mablag’ ajratadi

0

Toshkent shahar hokimligida “RIMC Hotels & Resorts Group” kompaniyasi arxitektori Xadi Tegrani ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.

korrespondent uz 0397
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Kompaniya Toshkent shahrining tashrif qog‘oziga aylanadigan o‘ziga xos inshootni bunyod etish taklifini va “Etnopark” va premium klass mehmonlarini qurishda ham faol ishtirok etish niyatlari borligini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, “RIMC Hotels & Resorts Group” kompaniyasi yurtimizda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga 4 mlrd $dan ortiq sarmoya kiritadi.

Ushbu mablag‘ asosida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada o‘zaro hamkorlikda savdo, tadbirkorlik, madaniy va ko‘ngilochar markazlar quriladi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasi hamda aeroportlarda modernizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi.

“RIMC Hotels & Resorts Group” kompaniyasi Yevropadagi mehmonxona xo‘jaligida yetakchi xalqaro operatorlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda kompaniya Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Daniya, Turkiya va Benilyuks davlatlaridagi 32 ta mehmonxonani birlashtirgan. 1990 yildan bugunga qadar dunyo bo‘ylab mehmonxonalar qurilishi bo‘yicha 200dan ortiq loyihani amalga oshirgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting