Surxondaryoda bir yilda 900 ming tonna toshko‘mir qazib olinadi

0

Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un ko‘mir konida 2017−2020-yillarga mo‘ljallangan 105,5 million $lik loyiha amalga oshirilyapti.

korrespondent uz 0396

Xitoy bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha natijasida 2021 yildan boshlab bir yilda 900 ming tonna toshko‘mir qazib olinadi. 600 ta ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalari, sement zavodlari, aholi va boshqa iste’molchilarga toshko‘mir yetkazib berish ko‘payadi.

Ayni paytda konning asosiy zaxirasi tomon tunnel qazib borilmoqda. Hozirgacha 2 kilometrdan ziyod shunday yo‘l qurildi. Yana 1,5 kilometrdan so‘ng, 33 million tonnalik asosiy ko‘mir zaxirasiga yetib boriladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting