Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildi

0

Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – “EDEL VEYS-ALI” mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan bilan auksionga qo‘yilgan, deb xabar beradi O‘zA.

korrespondent uz 0390
Foto: Rustam Madumarov

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.

Boshlang‘ich narxi yetti milliardan ortiq (7 567 767 500.00) so‘m bo‘lgan firma narxi hozirda 4 142 518 600.00 so‘mga tushgan.

korrespondent uz 0391
Foto: “E-auksion.uz”

E-ijro-auksion elektron savdo maydonchasida ob’ektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.

korrespondent uz 0392
Foto: “E-auksion.uz”

“EDEL VEYS-ALI” ma’suliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan “Radio Grand” radiosi tegishliligi aytiladi.

korrespondent uz 0393
Foto: “E-auksion.uz”

Mazkur radio auksionga qo‘yilganiga qaramay, hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Auksion joriy yilning 8-may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

“EDEL VEYS-ALI” ma’suliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting