Zangiotadagi koloniyada podpolkovnik o‘z xonasida osilgan holda topildi

0

Qator nashrlarda Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Toshkent viloyati manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 26-apreldan 27-aprelga o‘tar kechasi o‘z kabinetida arqon bilan osilgan holatda topilgani haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi Kun.uz nashri.

korrespondent uz 0383
Illyustratsiya foto: Kun.uz

Ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida nashr Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘langan.

U hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qilgan.

«Hozirda Asomxo‘ja Abrorovning suitsid holati bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», – deya aytib o‘tdi Surayyo Rahmonova.

Xabarlarga ko‘ra, marhum podpolkovnik bundan bir oy oldin Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘ining 1- o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting