Shanba, 20-Iyul 2019

O‘ldirilgani aytilgan IShID yetakchisi Al-Bag‘dodiy 5 yil mobaynida ilk bor ko‘rinish berdi

0

IShID o‘z yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuvni tarqatdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

korrespondent uz 0380
Kadr: YouTube

Videoda Al-Bag‘dodiy safdoshlari bilan Suriyaning Baguz shahri uchun kechgan janglarni muhokama qilayotgani tasvirlangan.

Ma’lumot uchun, Baguz Suriyadagi IShID nazoratida qolgan so‘nggi shahar edi. Mart oyi oxirida ushbu manzil ham jangarilardan tozalangan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting