Oʻrta Chirchiqda ichida oʻquvchilar boʻlgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi

0

29-aprel kuni soat 02:00 larda Oʻrta Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R20 avtomobil yoʻlining 6-kilometrida Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yoʻlovchisi boʻlgan “Mersedes” rusumli avtobusning baloni yorilib ketgan.

korrespondent uz 0377

FVV xabariga koʻra, avtobus boshqaruvni yoʻqotib, beton toʻsiqqa borib urilib yonboshlagan va yonishni boshlagan, yoʻlovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Barcha yoʻlovchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, 7 nafar yoʻlovchi turli darajada tan jarohati bilan — 2 nafari Oʻrta Chirchiq tumani shifoxonasiga, 5 nafari Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 37 nafar oʻquvchisi, 3 nafar oʻqituvchisi, 10 nafar ota-ona hamda 3 nafar haydovchi boʻlgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting