Surxondaryoda may oyida yetishtirilgan kartoshkalar Rossiyaga eksport qilinadi

0

Surxondaryoda yetishtirilayotgan may oyida yetiluvchi ertapishar kartoshkalar Rossiyaga eksport qilinishi kutilmoqda, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

O‘zbekiston kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisining aytishicha, “Rossiya kartofelniy soyuz”i O‘zbekistonga bir qancha talablar qo‘ygan. Ularga ko‘ra, kartoshkalar qadoqlangan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan belgisi bo‘lishi so‘ralmoqda. Chunki bu kartoshkaga bo‘lgan talabni oshiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning 33 milliondan ortiq aholisining kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji 2 million 200 ming tonnani tashkil etadi. O‘zbekiston hududida 78 ming gektar yerga kartoshka ekilishi ko‘zda tutilgan. Bu mo‘ljaldagi 2 million 200 ming tonna ko‘rsatkichni qoplashga yetadi.

O‘tgan yili chetdan olib kelingan elita urug‘lari dehqon va fermerlarga vaqtida yetkazib beriladi. Bu haqda Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi Elyor Toshpo‘latov Xalqaro press-klubning “Qishloq xo‘jaligi-2019: mavsumning kutilmagan sinovlari davridagi muhim vazifalar, chora-tadbirlar va zamonaviy yondashuvlar tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda ma’lumot berdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting