Chorshanba, 22-May 2019

Bishkek shahri kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramda “Yalla” guruhi va Sogdiana ishtirok etadi

0

Bishkek shahar meriyasi poytaxt kuniga bag‘ishlangan tadbirlar dasturini e’lon qildi, deb xabar beradi Sputnik.

korrespondent uz 0375
Foto: Sputnik

Bishkek shahri kuni 29-aprelda nishonlanadi. Asosiy bayram tadbiri Ala-Too maydonida boshlanadi.

Qirg‘izistonlik muxlislar oldida O‘zbekistondan “Yalla” guruhi, rossiyalik xonanda Sogdiana chiqish qiladi.

Konsertdan so‘ng olti daqiqa davomida mushakbozlik o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shahar kuni odatda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida nishonlanadi.

Qoidaga ko‘ra, bu bayram dam olish kunlarida nishonlanadi. Shahar ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlari uchun katta bayram dasturlar – konsertlar, sayillar, yarmarkalar, tanlovlarni tashkil qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting