Mirziyoyev Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.

korrespondent uz 0369

Davlatimiz rahbari “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumining oʻtkazilishi hamda uning doirasida XXR Raisi Si Szinpin ilgari surgan tashabbuslarning amalga oshirilishi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga, keng mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

korrespondent uz 0370

Kecha Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan oʻtgan uchrashuvda mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olingani, ular ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Li Chjanshu mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarda erishgan yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va koʻplab boshqa sohalardagi aloqalar yanada faollashgani alohida taʼkidlandi.

korrespondent uz 0371

Oʻzbekiston va Xitoyning qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida hamkorlik borasida ijobiy tajriba toʻplangan. Parlament delegatsiyalarining uchrashuvlari muntazam oʻtkazilib, bu boradagi sheriklik izchil rivojlanib bormoqda.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Bundan tashqari, parlamentlararo muloqot mamlakatlarimiz hamkorligini amaliy mazmun bilan boyitish, yangi dastur va loyihalarni ilgari surishga xizmat qilishi qayd etildi.

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi mamlakatlarimiz oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va keng koʻlamli sheriklikni yanada rivojlantirishga amaliy hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdi.

korrespondent uz 0372

Li Chjanshu mamlakatimizda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ularning real natijalari va samaradorligini yuksak baholadi. Uning fikricha, Oʻzbekiston Prezidentining siyosati va islohotlari oʻzining miqyosi va maqsadlariga koʻra davlatimiz rahbarini Xitoyning buyuk islohotchisi Den Syaopin bilan taqqoslashga toʻliq asos boʻladi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni faollashtirish hamda samarali islohot va yangilanishlarni amalga oshirish borasidagi tajribani chuqur oʻrganish maqsadida qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga kelishib olindi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting