O‘zbekiston, Afg‘oniston va Koreya ishbilarmon ayollari: biznes aloqalarni rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlik samaradorligini oshirish” mavzusidagi Xalqaro konferentsiyasi

0

22-aprel kuni “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Surxandaryo viloyati Termiz shahrida “O‘zbekiston, Afg‘oniston va Koreya ishbilarmon ayollari: biznes aloqalarni rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlik samaradorligini oshirish” mavzusidagi Xalqaro konferentsiyani o‘tkazdi.

korrespondent uz 0361

Konferensiyada mamlakatlar ishbilarmon ayollari savdo-iqtisodiy quvvatini ko‘rsatish, ularning biznes mahsulotlari va xizmat raqobatbardorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, biznesni rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda innovatsion usullarni qo‘llash masalalari muhokama etildi. Biznes sohasida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Koreya Respublikasi faol xotin-qizlari birlashib, hududiy hamkorlik, biznes yuritish shartlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

korrespondent uz 0362

Xalqaro konferensiyada Xitoy, Malayziya mamlakatlari ishbilarmon doira vakillari ham Afg‘on tadbirkor ayollari bilan mintaqaviy xamkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan sa’y-harakatlarni birlashtirishga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Konferensiya «Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi va Osiyo rivojlanish banki O‘zbekiston vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

korrespondent uz 0363

Konferensiya davomida o‘zbek – xitoy va o‘zbek – afg‘on ishbilarmon ayollari o‘rtasida biznes hamkorlik aloqalari bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Afg‘oniston tadbirkor ayollari O‘zbekiston korxonalari salohiyati bilan tanishdilar. Ipak ishlab chiqarish madaniyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Konferentsiya ishtirokchilari At Termiziy maqbaralarini ziyorat qildilar. Biznes turizm kesimida sayyohlar almashish rejalari muhokama etildi. Eramizning I asri o‘rtalarida asos solingan Qoratepa budlaviylik inshootlari xorijiy mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Konferentsiya ishining amaliy va sayyohlik yo‘nalishlari tadbirlari ham samarali o‘tdi.

Xalqaro Konferensiyada O‘zbek-Afg‘on-Koreya ishbilarmon ayollari biznes aloqalarini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlik samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.