Tuyabo‘g‘iz suv omborida bahaybat baliq tutildi

0

24-aprel kuni Tuyabo‘g‘iz suv omborida kattaligi qo‘ydek keladigan baliq tutildi. Bu haqda Facebook’ning “Potrebitel” guruhida xabar berildi.

korrespondent uz 0360
Foto: Facebook / “Potrebitel”

Baliq tortib ko‘rilganda uning og‘irligi 35 kilogrammni tashkil etgan.

Xabarda aytilishicha, uni suvdan tortib olish uchun bir necha kishilar suvga tushishlariga to‘g‘ri kelgan.

Baliqchilar guruhi hozirda Tuyabo‘g‘iz suv ombori va uning atrofidagi kanallarda  baliq ovlash yaxshilanganini aytgan.