O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 millon so‘mdan beriladi

0

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon matni O‘zA saytida e’lon qilindi.

korrespondent uz 0355
Foto: Repost.uz

9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi va fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilandi.

Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlashi ham hujjatda aks etgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting