Shavkat Mirziyoyev Zelenskiyni Ukraina prezidentligi uchun saylovlardagi gʻalabasi bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidentligi uchun oʻtgan saylovlarda ishonchli gʻalaba qozongani bilan tabrikladi.

korrespondent uz 0351
Foto: TACC

“Ishonchim komilki, anʼanaviy doʻstlik, oʻzaro manfaatli hamkorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston – Ukraina munosabatlari bundan buyon ham mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yoʻlida izchil rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi”, – deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sogʻliq, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar, doʻstona Ukraina xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.