Hududlardagi musiqa maktablarida 4045 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis o‘qituvchilarga talab aniqlandi

0

Hududlardagi bolalar musiqa va san’at maktablarida 4045 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis o‘qituvchilarga bo‘lgan talab aniqlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga bergan hisobotida ma’lum qildi.

korrespondent.uz 004
Foto: UzA

Xususan, bu ko‘rsatkich, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 278 nafarni, Andijonda 360, Buxoroda 187, Jizzaxda 249, Qashqadaryoda 434, Navoiyda 177, Namanganda 285, Samarqandda 302, Sirdaryoda 322, Surxondaryoda 368, Toshkent viloyatida 434, Farg‘onada 165, Xorazmda 196, Toshkent shahrida 288 nafarni tashkil etmoqda.

Madaniyat vazirining ma’lum qilishicha, hududlardagi bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qituvchilarga bo‘lgan talabni aniqlash borasida kamida uch yil mehnat stajiga ega 5535 nafar mutaxassislarning ro‘yxati hududlar kesimida shakllantirildi.

Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat yuritayotgan 8000 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirilmaganligi qayd etib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, musiqa va san’at maktablari 2008-yildan 2017-yilgacha Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bo‘lgan. 2017-yilda yana Madaniyat vazirligi timizimiga o‘tkazildi. Bu yillar davomida umuman malaka oshirish tizimi bo‘lmaganligi bugun ko‘rinib qolgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting