2019-yilda milliy drama va tarixiy asarlar yanayam ko‘proq sahnalashtiriladi

0

2019-yilda milliy drama va tarixiy asarlarni sahnalashtirish, bu borada amalda respublika teatrlarida sahnalashtirilgan 55 ta milliy drama asarlarini sonini 70 taga va 42 ta tarixiy asarlar sonini 60 tagacha oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga bergan hisobotida ma’lum qildi.

korrespondent.uz 002
Foto: My Day

2019-yil davomida respublika teatrlarida namoyish etish uchun 55 ta tarixiy, 60 ta milliy drama (26 ta zamon qahramonlari) asarlar tanlab olingan.

2018-yil davomida teatrlarda 26 ta milliy drama, 18 ta tarixiy yangi spektakl sahnalashtirilgan bo‘lsa, 2019-yilda 29 ta milliy drama va 29 ta tarixiy spektakllar sahnalashtirilishi belgilangan.

Masalan, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Jaloliddin Manguberdi”, Muqimiy teatrida “Men kim, Bobur…”, O‘zbekiston davlat drama teatrida “To‘maris”, Andijon viloyati musiqali drama teatrida “Najot yo‘li Navoiyda”, Buxoro viloyati musiqali drama teatrida “Alisher Navoiy”, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida “Al-Hakim at-Termiziy” kabi asarlar.

Hozirgi kunda vazirlik Repertuar-tahririyat sho‘basi tomonidan Salohiddin Sirojiddinovning “To‘maris”, Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi”, Aziz Nesinning “Jonginam, jonimni ol” asari asosidagi “Ey biz bormiz!”, Mashrab Boboyevning “O‘ttiz yoshlilar”, Esonboy O‘rinovning “Qayda mening yuragim”, Shaodat Usmonovaning “Registon afsonasi”, Akbar Abdullayevning “Xvastliviy tsiplyonok” hamda Elizavetta Taraxovskiyning “Cho‘rtan baliq amri bilan” kabi asarlarni sahnalashtirish uchun tegishli xulosalar taqdim etilgan.

Hisobotga ko‘ra, hayriya teatr spektakllari namoyishini 2019-yilda 550 tagacha yetkazish, ya’ni 2018-yilga nisbatan qariyiy 2,5 barobarga oshirish belgilangan.

Vazirlikning tegishli buyrug‘iga asosan “27-mart – Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan “Teatr tomoshalari haftaligi”ni tashkil etildi hamda shu kunlari respublika bo‘yicha turli janrlardagi 250 ta spektakllar bepul namoyish etildi. Ushbu namoyishlarga jami 108 mingdan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurishdi.

Shuningdek, Davlat teatrlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga gastrolarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi reja-jadvali tasdiqlangan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida Qorqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyati va Toshkent shahriga jami 36 ta gastrol safarlari amalga oshirilgan.

Aholi, ayniqsa, yosh avlodni teatr faoliyati va teatr san’ati bilan yaqindan tanishtirish, qiziqishini yanada oshirish maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan davlat teatrlarida “Bizning teatr” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, yanvar oyida O‘zbek Milliy akademik drama teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, fevral oyida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri, mart oyida O‘zbekiston davlat drama teatri, Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri hamda aprel oyida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida anjumanlar o‘tkazildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting