Madaniyat vaziri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga hisobot berdi

0

Bugun Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-sonli Farmoyishi va 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini berdi.

korrespondent.uz 001
Foto: Madaniyat vazirligi

Vazir o‘z hisobotida Prezidentning 27-fevraldagi “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi F-5445-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi.

Hisobotga ko‘ra, Vazirik faoliyati samaradorligining baholash mezonlarida madaniy me’ros obyektlari, teatrlar, sirk faoliyati, madaniyat sohasida davlat-xususiy sherikchilik, muzeylar, kutubxonalar, madaniyat markazlari bolalar musiqa va san’at maktablari, sohaga informatsion kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 13 ta yo‘nalishni amalga oshirish bo‘yicha 44 ta mexanizm ko‘zda tutilgan, shulardan 14 tasi joriy yilning I choragida amalga oshirilishi belgilangan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting