Xalqaro chempionatda ishtirok etadigan harbiy sportchilar terma jamoasi saralandi

0

Samarqand shahridagi Mudofaa vazirligi Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida vazirlik qo‘shinlari o‘rtasida “Harbiy ko‘pkurash” bo‘yicha saralash chempionati o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mazkur chempionatda vazirlik tasarrufidagi harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalaridan jami 60 ga yaqin terma jamoa ishtirok etdi.

“Harbiy ko‘pkurash” chempionati davomida kundalik dala harbiy kiyimida turnikda tortilish, 100 metr masofaga suzish, uzoqlikka granata uloqtirish, to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish va 3000 metr masofaga yugurish mashqlarini o‘z ichiga oladi.

Uch kun davom etgan chempionat yakuniga ko‘ra natijalar quyidagicha aniqlandi:
Yakkalik bahslarida:

1-o‘rin – Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qism harbiy xizmatchisi Umidjon Ahmadjonov;
2-o‘rin – Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Ilhom Ergashev;
3-o‘rin – Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Jaxongir Bulakov;

Umumjamoa hisobida faxrli o‘rinlar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin – Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi;
2-o‘rin – Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim jamoasi;
3-o‘rin – Sharqiy harbiy okrugi jamoasi.

 

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

G‘olib va sovrindorlar chempionat medallari, diplomlar va kubok bilan taqdirlandi. Chempionat davomida alohida mashqlar bo‘yicha yuqori natijalarni ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Musobaqada yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar MDH davlatlari armiyalari o‘rtasida shu yil bo‘lib o‘tadigan xalqaro chempionatda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasiga saralandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting