“Forish” poligonida O‘zbekiston-Pokiston-Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

0
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

22—27 aprel kunlari Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida O‘zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

20 aprel kuni turkiyalik harbiylar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi va ular shu erning o‘zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yo‘l oldi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting