Qozog‘iston IIV: Olmaota—Toshkent trassasida halok bo‘lgan 11 kishidan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi

0

Qozog‘istonning Jambil viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi, 12 nafari jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi. Dastlab 7 o‘zbekistonlikning jarohat olgani xabar qilingan edi.

korrespondent uz 033
Foto: tengrinews.kz

Qozog‘iston IIV FVD ma’lumotlariga ko‘ra, Olma Ota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi 5:09 da Korday tumanidan o‘tgan Chimkent-Olma Ota trassasining 181-kilometrida sodir bo‘ldi.

Yo‘l yoqasida avvalroq YTHga uchragan ikki avtomobil to‘xtab turgan bo‘lgan. Avtobus haydovchisi ular bilan to‘qnashuvdan qochish maqsadida keskin manyovrni amalga oshirgan va mashina ag‘darilib ketgan.

Avtobus salonida 47 yo‘lovchi, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan. YTH oqibatida 11 kishi, ularning sakkiz nafari hodisa joyida, hayotdan ko‘z yumgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar mahkamalari hamkorlikda ish olib bormoqda.

Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

  • Abduholiqov U., 1993 y. t.;
  • Kalmuratov A., 1988;
  • Yermekbayeva D., 1972.

Jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari:

  • Oljabayev A., 1994;
  • Xaytbayev O., 1985;
  • Abdusatirov Z., 1999;
  • Jumaniyozov M., 1996;
  • Ahmetova R., 1994;
  • Mativjanov O.;
  • Seytmurat D., 1987;
  • Haydarov S., 1994;
  • Ilyosov M., 1974;
  • Ismiddinov A., 1997;
  • Mambetov N., 1971;
  • Japarov Sh., 1984.

YTHda jabrlanganlarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston FVVning: 998781471050 tezkor aloqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin. Jambil viloyati FVD tezkor aloqa raqami: +77262999054.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting