Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida Karyera kuni bo‘lib o‘tdi.

0

2019-yilning 19-aprel kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) da 10 yil davomida o‘tkazilib kelinayotgan Karyera kuni bo‘lib o‘tdi.

korrespondent uz 031
Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

Karyera kuni – TXVU ning eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, talabalar va bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozorini rivojlantirish va mukamallashtirishga yo‘naltirilgan. Ushbu tadbir talabalarga turli tashkilotlar namoyondalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashish va aloqa o‘rnatish, ish bilan ta’minlanish, amaliyot dasturlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Ish taklif qiluvchilar (ish beruvchilar) esa universitet bitiruvchilari, ularning bilim va kasbiy ko‘nikmalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

korrespondent uz 030
Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

Karyera kuni talabalar bilan birgalikda, ish beruvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu yilgi karyera kunida 2 000 dan ortiq talaba va bitiruvchilar, va 100 dan ortiq Nestle Uzbekistan, Korzinka.uz, Huawei, Ucell, General Motors, Ernst & Young va shu kabi kompaniyalar, xalqaro va davlat tashkilotlari ishtirok etdilar. Ochilish marosimida Betomax kompaniyasi Universitetga shu kompaniyada ishlayotgan TXVU bitiruvchilari tomonidan sovg‘a qilingan “Ilm kuchi” monumentini taqdim etdi. Tadbir dasturi doirasida Universitet bitiruvchilarining Diplom Ishlari va Startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

korrespondent uz 028
Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

Karyera Markazi rahbari Abdurasul Odilovning ta’kidlashicha; “TXVU Karyera Markazi 10 yildan buyon har yili Karyera kunini tashkillashtirib, talabalarning ish bilan ta’minlanishiga faol tarzda hissa qo‘shib kelmoqda. Talabalar katta qiziqish bilan bu yarmarkaga tashrif buyurishadi, chunki bu ularga nufuzli kompaniyalarda ishlash va amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi. Bu yilgi yarmarkamizga rekord darajadagi qatnashchilar va turli sohadagi 106 ta tashkilot tashrif buyurdi. Bu esa ishtirokchilarning bilimli kadrlarni jalb qilishga bo‘lgan kuchli qiziqishlarini ko‘rsatadi.”

korrespondent uz 032
Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti

Ta’kidlash kerakki, TXVU O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida etakchi universitetlardan biri bo‘lib, Universitet iqtisodiyot, huquq, axborot texnologiyalari va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida yuqori bilimli kadrlar tayyorlamoqda. Universitet ochilganidan buyon turli sohalarda davlat, xususiy va nodavlat tashkilotlarida katta yutuqlarga erishib kelayotgan 2000 dan ortiq mutaxassislarni etishtirdi. TXVU bitiruvchilarning 90% idan ortig‘i universitetni bitiriganidan so‘ng 6 oy ichida ish bilan ta’minlanmoqda hamda magistratura yo‘nalishida o‘qishni davom ettirmoqdalar.