Komil Allamjonov YeXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bayonotiga munosabat bildirdi

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov YeXHT  OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Aarlem Dezirning bayonotiga rasmiy munosabat bildirdi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatda OAVning rolini oshirish va oshkoralikni ta’minlash borasidagi islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommviy kommunikatsiyalar agentligi so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, OAV va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, jurnalistlar mavqei va davlat organlari ochiqlik darajasini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Aarlem Dezirning bayonoti bilan tanishib chiqdi va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi. Agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan har qanday masalada muloqot qilishga va axborot sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga doimo tayyor», deyiladi Komil Allamjonovning rasmiy bayonotida.