Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida Amaliy tadqiqotlar markazining ochilishi

0

2019-yil 18-aprel kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) Amaliy tadqiqotlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

korrespondent uz 023

Markazning asosiy faoliyati ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tadqiqotlar uchun samarali muhit yaratish va birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga qaratilgan.

«TXVU huzuridagi Amaliy tadqiqotlar markazi xalqaro taraqqiyot agentliklari, davlat tashkilotlari va xususiy sektor mutaxassislarini birlashtira oladigan ilmiy markazdir. Markazning tadqiqot loyihalari mamlakatimizning uzoq muddatli rivojlanishiga ko‘maklashadi», – dedi TXVU rektori Komiljon Karimov.

korrespondent uz 025

Markazning tadqiqot loyihalari orasida Markaziy Osiyo taraqqiyotiga oid mavzular, shuningdek olimlar va davlat vakillarining global hamjamiyati o‘rtasida muhokama qilinadigan masalalar o‘rin olgan. Tadqiqotlar inson kapitali va mehnat, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va qishloq hududlarini suv bilan ta’minlash va rivojlantirish, shuningdek, Ipak yo‘li mamlakatlarida yangi dasturlar va ularning trans-mintaqaviy aloqalari kabi sohalarda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, markazda atrof-muhit, jinsiy tenglik, boshqaruv va raqamlashtirish bilan bog‘liq mavzular ham o‘rganilmoqda.

korrespondent uz 022

Ushbu loyiha siyosatshunoslar, tadqiqotchilar va ijrochi idoralar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli ekspert va tahliliy vazifalarni bajarish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotlar xalqaro rivojlanish agentliklari, davlat tashkilotlari va xususiy sektor faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorlarni aniq dalillarga asoslangan holda qabul qilish imkoniyatini beradi.

korrespondent uz 024

TXVU Amaliy tadqiqotlar markazining ochilishi universitetning ta’lim va tadqiqot sohasidagi 17 yillik tajribasiga asoslangan. Markaz direktori Piter Malvichinining ta’kidlashicha, «Markaz faoliyati nafaqat bilimlarni boshqarish, balki davlat va xususiy sektorda yangi echimlar taklif qilishga qaratilgan bo‘lib, tez o‘zgaruvchan jamiyatda yangi avlod etakchilarini ilhomlantiradi».

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting