To‘rt oyoqli isyonchilar

0

Hayvonlarning odamzotga qarshi ko‘targan isyoni natijasida Hayvonobod Respublikasi tashkil etildi. Barcha hayvonlar teng huquqlilik asosida 7 tamoyil ishlab chiqildi.
1. Ikki oyoqda yuradigan har kim – dushman.
2. To‘rt oyoqda yuradigan yoki qanoti bor har kim – birodar.
3. Hayvonlar kiyim kiymaydilar.
4. Hayvonlar to‘shakda yotmaydilar.
5. Hayvonlar sharob ichmaydilar.
6. Hech bir hayvon boshqa hayvonni o‘ldirishi mumkin emas.
7. Barcha hayvonlar teng huquqli.


Oradan biroz vaqt o‘tib, ushbu davlatning miyasi – cho‘chqalar (bu erda SSSR nazarda tutilgani faraz qilingan) hisoblanib, butun imperiya doxiy Napaleon(cho‘chqa hukmdor)ga bo‘ysunishi kerak edi. Tamoyillar cho‘chqa ta’biga mos ravishda o‘zgartiriladi.

Doxiy cho‘chqacha ikki oyoqda yura boshlagach, to‘rt oyoq yaxshi, “ikki oyoq yaxshiroq” bo‘lib qoladi.
Hayvonlar choyshabli to‘shak” da yotmaydilar. Demak to‘shakda yotsa bo‘ladi.
Hayvonlar “keragida ortiq” sharob ichmaydilar.
Hech bir hayvon boshqa hayvonni “sababsiz” o‘ldirishi mumkin emas.
Barcha hayvonlar tengdir, “biroq ayrimlari tenglardanda teng”.

G‘ayrihayoliy asar obrazlarga boy, masalan, Boksyor degan ot hammadan ko‘ra ko‘proq mehnat qilishga intiladi, qarigach esa hayvonlar ko‘z o‘ngida “oliy irq” vakillari  ikki yashik aroq evaziga qossobxonaga torshiriladi. Xuddi “paxta ishi” orqasidan kolxoz raislari bor burdini planga topshirib, kamiga yana poraxo‘rga chiqib, to‘g‘ri qamoqqa ravona bo‘lgani kabi.

Angliyalik yozuvchi Jorj Oruell asarini o‘qir ekansiz, soqinlik, voqealarni va faktlarni soxtalashtirish, o‘z maqsadlari uchun tarixni o‘zgartirishga urunish jamiyatning odatiy holati, barini ostida hokimiyatga intilish hissi yotganini his etasiz.
Taniqli jurnalist Karim Bahriev tomonidan mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarni o‘qishga tavsiya etamiz.

Muhammadsaid Xoldorov,
“Korrespondent.uz” muxbiri