Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti Bloomberg laboratoriyasini ishga tushirdi

0

2019-yil 17-aprel kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) Bloomberg laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bloomberg agentligi — moliya bozorlarida professional ishtirokchilari uchun moliyaviy axborotlarni etkazuvchi etakchi manbalardan biridir. Bu haqda universitet ma’muriyati “Korrespondent.uz”ga xabar qildi.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Bloomberg laboratoriyasida agentlikning yagona mahsuloti – Bloomberg terminali o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali joriy va tarixiy narxlarga, shuningdek, jahon birjalarida va bir nechta qimmatli qog‘ozlar bozorlaridagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, Bloomberg axborot agentligi va boshqa etakchi ommaviy axborot vositalari xabarlar tasmasi mavjud.

Agentlik tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus loyiha – Bloomberg for Education (Bloomberg ta’lim uchun) yaratilgan bo‘lib, u 12 ta terminallar asosida «diling zali»ni tashkil etishni nazarda tutadi. Bu universitet talabalariga real vaqtda birja operatsiyalari haqida ma’lumot olish imkonini beradi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Respublika fond birjasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari vakillari, shuningdek, TXVU ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Ta’kidlab o‘tish joiz, tadbirda Bloomberg vakillari ham qatnashdilar.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

«Bloomberg laboratoriyasining ochilishi talabalar va o‘qituvchilarga iqtisodiyot va moliya sohasida innovatsion ta’lim usullarini qo‘llash orqali amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu zamonaviy ta’limga qaratilgan yangi qadam, shuningdek, moliya bozorlarini tadqiq qilish salohiyatini rivojlantirishga katta hissa hisoblanadi. Bloomberg agentligi vosita va resurslaridan foydalanish ko‘nikmalari universitet bitiruvchilariga kasbiy faoliyatlarida bir qator ustunliklar beradi», dedi TXVU rektori Komiljon Karimov – «Bu laboratoriya O‘zbekistonda shu turkumdagi birinchi loyiha. Umid qilamizki, bizning universitetimiz moliyaviy xatarlarni boshqarish, bozor vositalari bo‘yicha tahlil, treyding, makro-moliyaviy tahlil kabi sohalarda zamonaviy treninglar va mahorat darslarini o‘tkazish uchun markazga aylanadi».

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Tadbir Bloomberg terminallaridan foydalanish bo‘yicha mahorat darsi bilan yakunlandi, unda vazirliklar va banklar vakillari Bloomberg xizmatlarining asosiy ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti Bloomberg laboratoriyasini ishga tushirdi
2019-yil 17-aprel kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida (TXVU) Bloomberg laboratoriyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bloomberg agentligi — moliyaviy bozorlardagi professional ishtirokchilar uchun moliyaviy ma’lumotlarning yetakchi provayderlaridan biridir.

Bloomberg laboratoriyasida agentligining yagona mahsuloti – Bloomberg terminal mavjud bo’lib, u orqali joriy va tarixiy narxlarga, shuningdek, jahon birjalarida va bir nechta qimmatli qog’ozlar bozorlaridagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, Bloomberg axborot agentligi va boshqa yetakchi ommaviy axborot vositalari xabarlar tasmasi mavjud.

Agentlik tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus loyiha – Bloomberg for Education (Bloomberg ta’lim uchun) yaratilgan bo’lib, u 12 ta terminallar asosida “diling zali”ni tashkil etishni nazarda tutadi. Bu universitet talabalariga real vaqtda birja operatsiyalari haqida ma’lumot olish imkonini beradi.

Ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Respublika fond birjasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston tijorat banklari vakillari, shuningdek, TXVU ma’muriyati, professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Ta’kidlab o’tish joiz, tadbirda Bloomberg vakillari ham qatnashdilar.

Foto: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

“Bloomberg laboratoriyasining ochilishi talabalar va o’qituvchilarga iqtisodiyot va moliya sohasida innovatsion ta’lim usullarini qo’llash orqali amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish imkonini beradi. Bu zamonaviy ta’limga qaratilgan yangi qadam, shuningdek, moliyaviy bozorlarning tadqiqot salohiyatini rivojlantirishga katta hissa hisoblanadi. Bloomberg agentligi vosita va resurslaridan foydalanish ko’nikmalari universitet bitiruvchilariga professional faoliyatda bir qator afzalliklar beradi”, dedi TXVU rektori Komiljon Karimov – “Bu laboratoriya O’zbekistonda shu turkumdagi birinchi loyiha. Umid qilamizki, bizning universitetimiz moliyaviy xatarlarni boshqarish, bozor vositalari bo’yicha tahlil, treyding, makro-moliyaviy tahlil kabi sohalarda zamonaviy treninglar va master-klasslarni o’tkazish uchun markazga aylanadi”.

Tadbir Bloomberg terminallaridan foydalanish bo’yicha master-klass bilan yakunlandi, unda vazirliklar va banklar vakillari Bloomberg xizmatlarining asosiy ko’nikmalariga ega bo’lishdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting