Mudofaa vazirligida ilmiy vzvod faoliyati yo‘lga qo‘yildi

0

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida harbiy xizmatchilar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun zamonaviy o‘quv bino foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Binoni topshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham ishtirok etib, mazkur o‘quv binosida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan bir qator loyihalar namoyish etildi. Masalan, harbiy obyekt yaqinida uchuvchisiz uchish apparatlari va dronlar kuzatildi, darhol podpolkovnik Bekzod Suloymonov tomonidan kashf etilgan qurulma qo‘llaniladi va havoda harakatlanayotgan dron ishdan chiqadi. Hozirgi paytda mazkur loyihani yanada takomillashtirish buyicha ish olib borilmoqda.

Shuningdek, shu kunning o‘zida Akademiya professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va uslubiy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, keng dunyoqarshga ega bo‘lgan ofitserlarni tayyorlash, ularning liderlik qobliyatini oshirish kabi masalalarga bag‘ishlangan anjuman ham o‘tkazildi. Mudofaa vaziri tomonidan kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting