O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun narxlar kamida 3 yil o‘zgarmaydi

0
12
marta oʻqilgan

Hukumat qarori bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

korrespondent uz 017
Foto: “Xalq so‘zi”

Hujjat bilan tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Iste’molchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar bo‘yicha foydalanishini ta’minlash shular jumlasidandir.

Tariflarni belgilashda aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoya qilinadi.

2023-yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich o‘tiladi. 2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste’molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Hujjat bilan tariflarni shakllantirish tamoyillari belgilandi. Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy ta’sirga duchor etilmaydi.