Minsk Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qoʻshilmoqchi

0

Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahri ijroiya qoʻmitasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid kelishuv imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent va Minsk munosabatlari haqida soʻz yuritganda, oʻtgan yili Belorus respublikasi va poytaxtimiz oʻrtasidagi oʻzaro tovar aylanmasi 86,5 mln. AQSH dollarini tashkil etganligini qayd etish joiz. Toshkentda Belorus kapitali asosidagi 32 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Oʻzaro aloqalarni rivojlantirishning imkoniyatlari keng boʻlib, tomonlar hamkorlikda yangi korxonalarni tashkil etish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va sport yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalasini muhokama etishmoqda.

Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forum oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting