Bulung‘urda o‘z akasini o‘ldirib, so‘ngra daraxtga osib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

0
16
marta oʻqilgan

Joriy yilning 13-aprel kuni soat 08−00 larda Bulung‘ur tuman IIBga tumanning «Elobod» mahallasi Ashirto‘p qishlog‘ida yashagan fuqaro S.K.ning murdasi uyi yaqinidagi tol daraxtiga osilgan holatda topilganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

korrespondent uz 012
Foto: zarnews.uz

Mazkur xabar asosida tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi va murda ko‘zdan kechirilganda, marhumning tanasida shubhali holatda, ya’ni bo‘yin qismida uch izli strangulyatsion egatlar, o‘ng kurak usti, qornining chap yonbosh sohasi, chap tizza bo‘g‘imi oldingi yuzasida shilinmalar, chap boldir o‘rta uchligi oldingi yuzasida qontalash kabi tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida, marhumning ukasi I.K. akasi S.K. bilan oldindan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiligi tufayli akasi boshqarib kelgan otasiga tegishli «Damas» rusumli avtomashina ustida janjallashishi oqibatida sintetik ip bilan akasining bo‘yin sohasidan qasddan bo‘g‘ib o‘ldirganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, I.K. akasi S.K. boshqarib yurgan otasiga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasini o‘zlashtirishda ifodalangan tamagirlik niyatida uzoq qarindoshi voyaga yetmagan O.M. bilan til biriktirib, oldindan jinoiy reja tuzib, 12.04.2019 yil soat 21−00 larda tumanning «Elobod» mahallasi ichki yo‘lida akasi S.K.ning boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina salonida jinoiy sherigi O.M. akasining qo‘llarini ushlab turganidan foydalanib, sintetik ip bilan akasining bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan I.K. va O.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «i,p» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.