TATUda Microsoft, Cisco, Oracle kabi xalqaro sertifikatlar olish mumkin

0

Muhammad Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta o‘qituvchisi Toshtemir Xo‘jaqulov Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro «Oracle Academy Day» konferensiyasida qatnashdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

korrespondent uz 010
Foto: Gazeta.uz

Konferensiya doirasida TATU vakili Rossiya hamda O‘rta Osiyo Oracle kompaniyasi direktori O.Jukov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik qilishga kelishildi.

Shuningdek, dasturlash tillari hamda Microsoft, Cisco, Oracle va boshqa kompaniyalarning sertifikatini olish uchun sertifikatlash markazi bilan ham hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Ma’lumot uchun, «Oracle Academy» — AQSHning dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha «Microsoft”dan keyingi 2-o‘rinda turadigan yirik kompaniyasi bo‘lib, kompaniya kurslarida dunyoning 120 mamlakatida 3,5 million nafardan ortiq talaba ta’lim oladi. Bugungi kunda TATUda «Oracle Academy» labaratoriyasi faoliyat ko‘rsatadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting