Inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlarning reabilitatsiya markazlariga moneliksiz kirish huquqi oshirildi

0
10
marta oʻqilgan

2019-yil 14-aprel kuni hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

korrespondent uz 007
Foto: Gazeta.uz

Qonunchilikka muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili ham reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, reabilitatsiya markazi bu muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha ma’muriy sudning ajrimi asosida o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasidir.