Siyosat: Islom Karimov va “Urgutlik yolg‘iz bo‘ri”

0

O‘zbekistonning birinchi mustaqil gazetasi “Xurriyat”ning bosh muharriri, taniqli jurnalist Karimjon Bahriyev 1990-yil boshlarida Islom Karimov bilan yaqindan tanishadi. Qalami o‘tkir, o‘ziga ishongan muharir “Oy borib, omon qaytmagan bolam” nomli maqolasi va yaqin do’sti orqali Prezident bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozilgan “Adabiyot” gazetasining 2019-yil 23-fevral sonida.

oo

Xalq saylovlarida o’z nomzodini ilgari surgan Karim Bahriyev deputat bo‘ladi va 1990-yil 20-iyun Oliy Kengashda Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinishida faol ishtirok etadi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tmay, Gorbachyovning SSSR rahbarligiga kelishi barobarida bepayon sovet yurti uzra qayta qurish va oshkoralik shabadalaridan ilhomlanib, “Uyg‘onish mashaqqati” nomli maqolasida “O‘zbekistonda demokratiya yana yopila boshladi. Shaxsga sig‘inib boshlanmoqda. Yaqinda nafas olish ham Islom Karimovning Farmoni bilan joriy etilsa ajab emas”, degan jumlasi bilan xalqni uyg‘otmoqchi bo‘ladi. O‘sha kuni peshindan keyin respublika miqyosidagi “SovMin” yig‘ilishida Birinchi Prezident kutilmaganda, “Bahriyev degan bir muttaham menga aql o‘rgatmoqchi bo‘libdi”, deydi jahl bilan zalga qarab…

Maqolaning “aks-sadosi” o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Islom Karimov o‘jar deputatdan ancha vaqt qattiq hafa bo‘lib yuradi.

Shunday bo‘lsada, keyinchalik Prezident ko‘p masalalarda u bilan bamaslahat ish tutgani aytilgan

Deklaratsiya qabul qilingan yildan besh-olti yil o‘tib, ba’zi rahbarlar lavozimlaridan olib tashlanadi va ular o‘z noroziliklarini horijga ketish orqali bildirmoqchi bo‘ladi.

Karim Bahriyevga bir necha marta hozirda Kanadada yashayotgan do‘sti Ismat Hushev horijga ketish taklif berganda, u “Shu yurt – yurtimiz, shu xalq – xalqimiz, butun kamchiliklari bilan bizniki. U yerlarda uzoq aziz bo‘lmaysiz. Besh-to‘rt kun keskin intervyu berasiz, “Bi-Bi-Ci” va “Ozodlik”ka mavzu bo‘lasiz. Keyin uzoq tinka quritar musofirlik boshlanadi. Begona madaniyat, begona til, begona havo va begona suv… Hali hammasini qadri o‘tadi. U xalq uchun siz aborigen, yovvoyi bo‘lib qolaverasiz”, deya taklifni rad etadi. Do‘stidan qalbi og‘rigan Ismat Hushev keyinchalik uning haq ekanini ming afsus bilan yodga oladi.

Oradan yillar o‘tib, O‘zbekistonga kelgan Kanada yashayotgan jurnalist do‘stini ko‘rib, “oldingi burgut qarashlari, o‘ziga, taqdiriga ishonch va umid hissi bilan to‘lgan yurish turishi va hatti-harakatlaridan asar ham qolmagani, Mustaqillik uchun beomon kurashgan Karim Bahriyev va unga o‘xshagan sobiq xalq deputatlari, davlat va jamoat arboblari O‘zbekistonning eng so‘nggi odamlari bo‘lib qolishganini” ta’kidlaydi.

Aslida esa Karim Bahriyev hozirda jahon adabiyoti durdonalari tarjimasi bilan shug‘ullanib, jamiyat ma’naviytiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlardan biri sanaladi. Ingliz yozuvchisi Jorj Oruellning “Molxona” asari taniqli o‘zbek jurnalisti tashabbusi bilan Davlat tiliga tarjima qilindi. Mazkur kitob ikkinchi urush davridagi SSSR hokimiyati qiyofasini hayvonlar timsolida ochib berishga xizmat qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting