“Bravo” jamosi keyingi konsertini hayvonot bog’ida berishi mumkin

0

“Avvalo, bu jamoaning nomi nega ajnabiy? “Bravo” so‘zining bir biridan chiroyli, mazmundor o‘zbekcha muqobillari ko‘p-ku!”, deya “Mushtum” jurnali muxbiri (2019 yil fevral sonida) mulohaza yuritadi.

bra“Suqsurday o‘zbek qizi million-million tomoshabinlar ko‘z o‘ngida hali u, hali bu erkak bilan bel ushlashib, “Otsangiz oting, bo‘lmasa yoting”, “Chiroq o‘chib qolsa nima qilasiz”, deya erkaklardan ham o‘tkazib, qip-yalang‘och so‘z o‘yinini qilib turganini, bunisi ham mayli, haybati savlatidan ot hurkuvchi duppa-durust devqomat yigitlarning noqulay bir jinsli ishqiy munosabatlarga, huquqiy istiloh bilan aytganda besoqolbozlikka ishorat etuvchi shamayu qochirimlarini ko’rgach, bu tasqaralikni boshqacha ayta olmadim”, deydi muxbir.

br“Kuldirish orqali illatga qarshi kurashish san’atning eng murakkab va o’ta mas’uliyatli vazifalarida biri. Sahnada ot, eshak, qo’y echki va boshqa hayvonlarning gavda harakatlarini ko‘rsatish uchun, balki unchalik katta mahoratni zaruriyati yo‘qdir. Biroq insonlarga tomosha ko‘rsatayotgan artist haq qanday mahluq qiyofasiga kirganda ham aslan inson ekanini unutmaslik kerak. Aks holda tomoshabin “Xalqlar do‘stligi” saroyidek muhtasham san’at koshonasiga emas, hayvonot bog‘iga borib qo’ya qolishni afzal bilardi”.
Bu alahsirashu hansirashlar, bu qadar beparda aljirashlarning senariysini kim yozgan ekan, qaysi badnazar rejissyor sahnalashtirdi va qaysi bemalolho‘ja millionlar e’tiboriga – televidenie “Zo‘r.TV”ga olib chiqdi degan savollar girdobida o‘rtanasan.
“Mushtum bobo” maqola so‘nggida hulosa ham keltirib o‘tgan: “Ayol ayolligini unutmasin, erkak erkakligidan chekinmasin. Ana shunda sahnani muqaddasligiga zavol yetmaydi. Ana shunda ibrat darohi bo’lib, hurmatga sazovor bo‘ladi”.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting