Sudan davlat boshqaruvi armiya qo‘liga o‘tdi

0

Sudan armiyasi hukumatni ishdan bo‘shatdi hamda prezidentni barcha lavozimlardan olib tashladi. Davlat boshqaruvi Mudofaa vaziri Avad ibn Auf boshqaruviga o‘tdi. Bunday vaziyat ommaviy noroziliklarning fonida yuz berdi.

Foto: AFP

Mamlakatda uch oy davom etadigan favqulodda holat joriy etildi. Hukumatni shakllantirish uchun ikki yillik o‘tish davri belgilandi.
Bundan oldin xabar berilganidek, Xartum shahrida prezident Omar al-Bashirning atrofidagi amaldagi va yuqori lavozimli sobiq mulozimlar hibsga olingan.
Sudanda favqulodda majlisda armiya davlat rahbarini olib tashlash va Vazirlar Mahkamasini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda bir yilgacha bo‘lgan muddatga harbiy kengash boshqaradigan o‘tish davri e’lon qilinishi mumkin.
Qurolli kuchlar hozirda harbiy marshlarni namoyish etayotgan mahalliy televideniyeni nazorat qilmoqda. Yaqin kelajakda respublikada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qo‘mondonlik bayonot berishi kutilmoqda.
Mamlakatda to‘rt oydan buyon ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Dastlab namoyishchilar non narxini pasaytirishni talab qilgan, biroq vaqt o‘tishi bilan o‘ttiz yildan beri hokimiyat tepasida turgan prezidentning iste’foga chiqishi uchun chaqiruvlar bo‘lgan. Namoyishlar paytida taxminan 60 kishi halok bo‘lgan, yuzlab insonlar tan jarohati olgan, minglab odam qo‘lga olingan.
Hozirda xalqaro Xartum aeroporti yopiqligi ma’lum qilingan. Chahar ko‘chalaridan politsiya yo‘qolgan. Zirhlangan transport vositalari qayta joylashtirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Sudan Chimoliy Afrika mintaqasida joylashgan. Poytaxti Xartum. Mazkur davlar Yogepit, Liviya, Chimoliy Sudan, Efyopiya, Eritrey hamda Markaziy Afrika Respublikasi bilan chegaradosh.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting