Gruziyaning TBC Bank banki Payme aksiyalarining 51 foizini sotib oldi

0

Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda Payme brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi «Inspired» MCHJning aksiyalarining 51 foizini sotib oldi. Shartnoma qiymati 5,5 mln dollarni tashkil etadi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

korrespondent uz 002
Foto: Payme / Facebook

Xabarda qayd etilishicha, Payme O‘zbekistonda 1,3 mln mijozga ega yetakchi to‘lov xizmati hisoblanadi. O‘tgan yilning o‘zida xizmat mijozlar sonini taxminan 70 foizga oshirib, yalpi tushumi va sof daromadini mos ravishda 41,9 va 24,5 foizga ko‘tara oldi.

2018-yil so‘ngida Payme yalpi aktivlari 700 ming dollar, yil davomida soliqqa solinishdan avval umumiy tushumi va foydasi 1,6 mln va 0,8 mln dollarni tashkil etdi.

Payme kompaniyasiga 2011-yilda asos solingan va uch nafar ta’sischi tomonidan boshqarib kelinayotgan edi.

51 foizlik nazorat paketi (5,5 mln dollar) bilan hisoblaganda Payme 10,8 mln dollarga baholanmoqda. To‘lov aprel oxiriga qadar TBC Bank bankining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. TBC Bank qolgan 49 foizlik aksiyalarni sotib olish imkoniyatlari to‘g‘risida ham kelishuvga erishdi.

Payme sotib olinganidan so‘ng TBC Bank va uning sho‘’ba kompaniyalari xizmat ko‘rsatayotgan foydalanuvchilar soni 50 foizdan ko‘proqqa oshib, 3,7 mln kishiga yetishi kutilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting