Devid Malpass Jahon banki rahbari bo‘ldi

0

Ijrochi direktorlari qarori bilan Devid R. Malpass Jahon banki (JB) guruhi direktori etib tayinlandi. U besh yil muddatga saylandi va seshanba kunidan yangi lavozimga kirishadi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Jahon banki

Ijrochi direktorlar kengashi Malpass bilan «Kelajakka nazar» strategiyasi hamda kapital paketi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishda hamkorlik qiladi.

Tayinlovga qadar Devid Malpass AQSH moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Malpass vazir o‘rinbosari sifatida G7 va G20 davlatlari moliya vazirlari o‘rinbosarilari uchrashulari, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining bahorgi va har yillik yig‘ilishlari, shuningdek moliyaviy barqarorlik bo‘yicha Kengash, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi tadbirlarida AQSH nomidan ishtirok etgan.

Jahon banki prezidenti Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi Direktorlar kengashlari raisi hisoblanadi. Prezident, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Investitsion kafolatlar bo‘yicha ko‘p tomonli agentlik (MIGA) Direktorlar kengashi hamda Investitsion bahslarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) ma’muriy kengashiga ham raislik qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting