O‘zbekistonda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

0

Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasiga ko‘ra, “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi mumkin.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammalligini ta’minlash;

davlat axborot tizimlari obektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlash choralarini tizimli ko‘rish tartibi;

buzg‘unchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘idan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olishning mukammal yagona mexanizmini yaratish;

axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda ma’muriy, fuqaroviy va jinoyat qonunchiligiga kiberxavf va uning oqibatini bartaraf etish choralarini aks ettiruvchi normalar kiritish;

milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilgan holda yagona kiberxavfsizlikni ta’minlovchi vakolatli davlat organini tashkil etish va uning huquqiy maqomini belgilash.

2019 yil 1 oktyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Mas’ul ijrochilar – Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, tegishli vazirlik va idoralar.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting