O‘zbekiston kursanti MMA kamari uchun jang olib boradi

0

Kecha, 7-aprel kuni kechga Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Archa-beshik” sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha “Batir bashi” IV etno turnirining Gran-prisiga start beriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti, Bekzod Nurmatov ham 84 kg vazn toifasida ringga chiqadi. Kecha, 6 aprel kuni mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan sportchilarning vaznini o‘lchash va yuzlashtirish marosimi o‘tkazildi.

84 kg vaznlilar o‘rtasida mazkur chempionlik kamari uchun jami 4 nafar sportchi – O‘zbekistondan Bekzod Nurmatov va Abdulaziz Utamurodov, Qirg‘izistondan Jakip Tuganbaev va Qodir Kurstan ug‘li chempionlik kamari uchun kecha, Qirg‘iziston vaqti bilan soat 18.00da bahslashgan.

Mazkur chempionat natijalari hozircha ma’lum emas.