Andijonda yangi gaz koni topildi

0

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi “Uchtepa” konining 7-qidiruv qudug‘ida tabiiy gazning yangi manbasi topildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ

Mazkur hududdan sutkasiga o‘rtacha 300-350 ming kub metr tabiiy gaz chiqmoqda.

7-qidiruv qudug‘i 1350 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan. Endi 10 kun davomida tegishli parametrlarni (bosim, harorat, gaz tarkibi va hokazo) aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqot ishlari olib boriladi.

Yangi konning ochilishi Farg‘ona vodiysi aholisini tabiiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting