Diplomatik pasportga ega Oʻzbekiston va Hindiston fuqarolariga yana bir qulaylik yaratildi

0

Oʻzbekiston va Hindiston hukumatlari oʻrtasidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Foto: UzReport

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston Respublikasi hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish toʻgʻrisidagi Bitim kuchga kirdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Hujjat Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabr kuni imzolangan edi. Bitimga muvofiq, diplomatik pasportga ega Oʻzbekiston va Hindiston fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda boʻlish huquqiga egadirlar.

Bitim diplomatik pasportga ega boʻlgan ikki davlat rasmiy vakillarining oʻzaro safarlari chogʻida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting