Beeline kompaniyasini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan O‘rta chirchiqlik fuqaro ushlandi

0

2019-yil 4-aprel kuni nomaʼlum shaxs “Beeline” uyali aloqa kompaniyasiga qoʻngʻiroq qilib, hisobi toʻldirilgan boʻlsa ham qoʻngʻiroq qilolmayotganini, agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qoʻygan.

Foto: UzDaily.uz

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan tezkor aniqlov tadbirlari olib borildi.

Buning natijasida ushbu qoʻngʻiroqni Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani Nurafshon MFY Navbahor koʻchasida yashovchi V.M. mast holda, aloqa tarmogʻi yaxshi ishlamaganligi sababli qoʻngʻiroq qilganligi aniqlanib, qoʻlga olingan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting